Akkauntni o‘chirish
LABAY akkauntingizni istalgan vaqtda o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin — mijoz ham, usta ham.
Qanday o‘chiriladi
- Ilovada: Profil → Akkauntni o‘chirish.
- Saytda: kirish → Profil → Akkauntni o‘chirish.
- Ilovaga kira olmasangiz: ro‘yxatdan o‘tgan raqamingizni ko‘rsatib support@labay.uz ga yozing — 3 ish kunida o‘chiramiz.
Oldin
Faol buyurtma bo‘lsa, avval yakunlang yoki bekor qiling. Usta: hamyondagi qoldiqni yechib oling (qarz bo‘lsa — to‘lang). Kompaniya egasi: egalikni boshqa xodimga o‘tkazing.
Nima o‘chiriladi (darhol)
Ism, telefon raqami, manzillar, saqlangan kartalar, profil rasmi va ma’lumotlari, joylashuv, push-bildirishnoma tokenlari. Barcha qurilmalardagi sessiyalar yopiladi.
Nima saqlanadi
Buyurtmalar, to‘lovlar va hisob-fakturalar — buxgalteriya hisobi uchun qonunda belgilangan muddatgacha, shaxsingizga bog‘lanmagan holda. Usta tasdiqlash hujjatlari — qonun talab qilgan muddatgacha.
Keyin o‘sha raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tsangiz — yangi, bo‘sh akkaunt ochiladi.